Özbek lotin 2026 klaviaturasi
Ingliz klaviaturasi kabi, faqat törtta yangi harf Alt’siz, bitta tugma bilan yoziladi.
Windows 10 / 11 uçun
Yangi özbek alifbosidagi harflarni (O‘/Ö, G‘/Ğ, Sh/Ş, Ch/Ç) klaviaturada qulay va tez teriş hamda eski matnlarni yangi alifboga ögiriş uçun dastur.

Microsoft Word uçun
«Hujjatni ögir» tugmasini bosing - butun hujjat yangi alifboga ötadi. Format, havolalar va tutuq belgisi saqlanadi.

OldinKeyin↔ Slayderni suring
Ingliz klaviaturasi kabi, faqat törtta yangi harf Alt’siz, bitta tugma bilan yoziladi.
Eski lotin va kirill yozuvidagi hujjatni bir bosişda yangi alifboga ögiradi.
Jadvallardagi matnni yangi alifboga ögiradi, formulalar va sonlar özgarmaydi.
Taşkilotlar uçun: köplab .docx, .xlsx, .txt, .csv fayllarni birdaniga ögiradi.
Törtta yangi harf - bitta tugma bilan.
Eslab qoliş oson - 5 minutda örganib olasiz
| Tugma | Harf | Shift bilan |
|---|---|---|
| [ | ç | Ç |
| ] | ö | Ö |
| - | ğ | Ğ |
| = | ş | Ş |
Örnatilgandan keyin Word va Excel lentasida «Yangi alifbo» tugmalari paydo böladi:
Eski lotin yozuvi ham, kirill yozuvi ham ögiriladi: «Тошкент шаҳри» → «Toşkent şahri». Rus tilidagi matn özgarmaydi. Havolalar, elektron poçta manzillari, inglizça sözlar va tutuq belgisi (Isʼhoq, maʼno) ham özgarmaydi. Matn formati saqlanadi. Excel’da formulalar va sonlar özgarmaydi. Hammasini bitta Ctrl+Z bilan bekor qiliş mumkin.

Agar Windows «Kompyuteringiz himoyalangan» degan ogohlantiriş körsatsa, «Batafsil» tugmasini, keyin «Baribir işga tuşiriş» tugmasini bosing.
Oldingi versiya örnatilgan bölsa, uni öçiriş şart emas: yangi versiya ustidan örnatiladi.
Sozlamalar → Ilovalar → Yangi Alifbo 2026 → Öçiriş.