Windows 10 / 11 uçun

Yangi Alifboyangi harflar — bitta tugmada

Yangi Özbek alifbosidagi harflarni (O‘/Ö, G‘/Ğ, Sh/Ş, Ch/Ç) klaviaturada qulay va tez teriş uçun möljallangan dastur.

Windows til menyusi: Özbek (lotin) — Özbek lotin 2026 klaviaturasi
Win + ProbelyokiAlt + Shift→ «Özbek lotin 2026»

Microsoft Word uçun

Hujjatnibir bosişda öğiring

«Hujjatni öğir» tugmasini bosing — butun hujjat yangi alifboga ötadi. Format, havolalar va tutuq belgisi saqlanadi.

  • O‘zbekistonÖzbekiston
  • tog‘toğ
  • shaharşahar
  • choyçoy
Word hujjati eski lotin yozuvidaÖşa hujjat yangi alifbodaOldinKeyin

↔ Slayderni suring

Qanday işlaşini videoda köring

2026 yil 21 oktabrda yangilangan özbek lotin alifbosi tasdiqlandi: tört harf yangi harflar bilan almaştirildi — Ö, Ğ, Ş, Ç. Yangi Alifbo 2026 bu harflarni oddiy klaviaturada qiynalmasdan yoziş va eski matnlarni bir bosişda yangi alifboga öğiriş imkonini beradi.

Dastur tarkibi

Özbek lotin 2026 klaviaturasi

Ingliz klaviaturasi kabi, faqat törtta yangi harf Alt’siz, bitta tugma bilan yoziladi.

Microsoft Word uçun qöşimça

Eski lotin yozuvidagi hujjatni bir bosişda yangi alifboga öğiradi.

Fayllar konvertori

Taşkilotlar uçun: köplab .docx, .xlsx, .txt, .csv fayllarni birdaniga öğiradi.

Klaviatura

Törtta yangi harf — bitta tugma bilan.

Eslab qoliş oson — 5 minutda örganib olasiz

  • Qavslar, tire va tenglik belgisi — öng Alt tugmasi bilan.
  • Tutuq belgisi (ʼ) — öng Alt + apostrof.
  • CapsLock yangi harflarda ham işlaydi.
Çç[
Öö]
Ğğ-
Şş=
TugmaHarfShift bilan
[çÇ
]öÖ
-ğĞ
=şŞ
Özbek lotin 2026 klaviatura joylaşuvi: Ç, Ö, Ğ, Ş harflari [ ] - = tugmalarida
Özbek lotin 2026 — töliq klaviatura joylaşuvi. Kattalaştiriş uçun bosing.

Word qöşimçasi

Örnatilgandan keyin Word lentasida «Yangi alifbo» tugmalari paydo böladi:

Havolalar, elektron poçta manzillari, inglizça sözlar va tutuq belgisi (Isʼhoq, maʼno) özgarmaydi. Matn formati saqlanadi. Hammasini bitta Ctrl+Z bilan bekor qiliş mumkin.

Yangi alifbo — Word
  • Hujjatni öğirbutun hujjat: matn, kolontitullar, izohlar, jadvallar.
  • Belgilanganni öğirfaqat belgilangan matn.
  • Tekşirişöğiriladigan joylarni sariq rang bilan belgilaydi, matnni özgartirmaydi.

Örnatiş

  1. Örnatuvçi faylni yuklab oling.
  2. Faylni işga tuşiring va örnatiş ustasi körsatmalariga amal qiling.
  3. Örnatiş tugagaç Windows hisobidan çiqib, qayta kiring (yoki kompyuterni qayta yuklang).
  4. Klaviaturani tanlaş: Win + Probel (yoki Alt + Shift) → «Özbek lotin 2026».

Agar Windows «Kompyuteringiz himoyalangan» degan ögohlantiriş körsatsa, «Batafsil» tugmasini, keyin «Baribir işga tuşiriş» tugmasini bosing.

Tizim talablari

  • Windows 10 yoki Windows 11, 64-bit (Intel yoki AMD protsessor).
  • ARM protsessorli kompyuterlar hozirça qöllab-quvvatlanmaydi.
  • Word qöşimçasi uçun — Microsoft Word.

Savol-javob

Dasturni qanday öçiriş mumkin?

Sozlamalar → Ilovalar → Yangi Alifbo 2026 → Öçiriş.

Fikringizni yozing

Ğoya, xato yoki savol — hammasini öqiymiz.

Mavzu
TezYechim

Windows uçun kiçik va foydali dasturlar

Sayt kuzatuv vositalari va cookie-fayllarsiz işlaydi.
© 2026 TezYechim. Barça huquqlar himoyalangan.